AsosiySiyosat

Abdulla Aripov O`sh shahrida Qirg`iziston hukumati rahbari bilan uchrashdi

'Abdulla Aripov O`sh shahrida Qirg`iziston hukumati rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov O`sh shahrida chegaraoldi viloyatlari rahbarlari Kengashining ikkinchi yig`ilishi doirasida Qirg`iziston hukumati rahbari Muhammadkaliy Abilg`oziev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va dolzarb masalalari, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov O`zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg`iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yig`ilishida ishtirok etish uchun Qirg`izistonda bo`lib turibdi.

Bu ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining ikkinchi yig`ilishi hisoblanadi. Birinchi uchrashuv joriy yilning martda Farg`onada tashkil etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar