Yangi yil bayramida barchaning xonadonidagi dasturxon to`kin-sochin bo`ladi. Tinib-tinchimas uy bekalarimiz yaqinlariga bir-biridan mazali taomlar, gazaklar, salatlar tayyorlash bilan ovora bo`ladilar.
An`anaga ko`ra yangi yil dasturxoniga olive, mimoza, vinegret kabi salatlar tortiq etiladi.
Olive salatining bezagi uchun takliflarni taqdim etamiz:
Kerakli mahsulotlar:
- qaynatilgan kartoshka;
- qaynatilgan sabzi;
- pishirilgan tuxum;
- pishirilgan go`sht eki kolbasa;
- konservirovali yashil no`xat;
- pishloq;
- mayonez;
- olivka.