1

O`zbekistondagi aloqa operatori navbatdagi spam-xabarlardan ogohlantiradi

Hi-tech 28.10.2014, 18:20
O`zbekistondagi aloqa operatori navbatdagi spam-xabarlardan ogohlantiradi

Beeline aloqa operatori abonentlarni qayta qo`ng`iroq, SMS-xabar yoki elektron xat olish maqsadida yuborilayotgan va tez takrorlanayotgan SMS -spam holatlaridan ogohlantiradi.

Ogohlantiruvchi xabarga ko`ra, abonentlarga “Pozvonite nam bstro, chtob podtverdit svoy vigrsh…” yoki “Zdravstvuyte, pozvonite mne srochno 002454056520” tarzidagi SMS-xabarlar kelmoqda. Kompaniya bunday holatda zinhor qayta qo`ng`iroq qilmaslikni va javob bermaslikni, shunchaki uni o`chirib tashlashni tavsiya qiladi.

Firibgarlarning harakatlari natijasida abonent shaxsiy ma`lumotlarini, pul mablag`larini yo`qotishi, kompyuter yoki mobil moslamasiga zararli dasturni yuklab olishi, shuningdek spam-sahifaga tushib qolishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, bundan avval, o`zbekistonlik abonentlarga Ebola virusidan ogohlantiruvchi spam-xabar kela boshlagan edi.

Manba: uz.infocom.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1