AsosiyJamiyat

O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tarkibida turk tili markazi ishga tushdi

27 oktyabr kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibidagi yangi turk tili markazining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Namiq Guner, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtrish agentligi (TIKA) rahbari Serdar Jam, O`zbekistondagi TIKA tashkilotining koordinatori Fatih Karaja, Qirg`izistondagi TIKA tashkiloti koordinatori Yavuz Joruh, Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi attashesi Jihan Varlik hamda Turkiyadan tashrif buyurgan bir necha rasmiy vakillar mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet rektori Shuhrat Qayumov kirish so`zi bilan ochib bergach, mehmonlar til markazining g`oyalari, O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi do`stlik hamda hamkorlik aloqalarining rivojlanishidagi roli haqida o`z fikrlarini bildirdilar. Bu haqda “O`zbekistonda horijiy tillar” saytining matbuot xizmati xabar beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar