1

Tashqi ishlar vazirligida Latviya davlat kotibi bilan uchrashuv o`tkazildi

Jamiyat 29.10.2014, 08:34
Tashqi ishlar vazirligida Latviya davlat kotibi bilan uchrashuv o`tkazildi

2014 yilning 28 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Andreys Pildegovichsni qabul qildi.

Latviya Davlat kotibi Urganch shahrida o`z ishini boshlagan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan.

Suhbat chog`ida O`zbekiston-Latviya hamkorligining holati va istiqbollari ko`rib chiqildi. Ikki tomon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi o`zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini ta`kidlab o`tildi.

Tomonlar 2015-yilning birinchi yarmida bo`lajak Evropa Ittifoqiga Latviya raisligini inobatga olib, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbatda Latviya Elchisi Edgars Bondars ishtirok etdi, deya xabar beradi mfa.uz sayti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1