1

WhatsApp birinchi marta moliyaviy natijalarni e`lon qildi

Hi-tech 29.10.2014, 10:23
WhatsApp birinchi marta moliyaviy natijalarni e`lon qildi

WhatsApp messenjerini 22 millard dollarga sotib olgan Facebook kompaniyasi birinchi marta xizmatning moliyaviy natijalarini e`lon qildi. Aslida bu natija zararli bo`lishi kutilayotgan edi. Bu haqda AQSh qimmatli qog`ozlar va birja komissiyasi (SEC) hujjatlari guvohlik bermoqda.

2014 yilning olti oyi davomida WhatsAppning sof zarari deyarli 4 foizga o`sib, 232,5 million dollarni tashkil etdi. O`tgan yili bu ko`rsatkich 58,8 million dollar edi. Xizmatning birinchi yarim yillikdagi tushumi 5,5 marta ko`paydi va 15,3 million dollarga etdi.

O`tgan 2013 yilda zarar 138,15 million dollarni, tushum esa 10,2 million dollarni tashkil etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1