AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev "Faol Gujorot 2019" tadbirlarida ishtirok etadi

'Shavkat Mirziyoev "Faol Gujorot 2019" tadbirlarida ishtirok etadi'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligining 2018 yilgi faoliyati yakunlariga bag`ishlangan jurnalistlar ishtiroki ochiq muloqot tarzida anjuman o`tkazildi.

Anjuman doirasida Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari I.Ne`matov O`zbekiston – Hindiston munosabatlari haqida to`xtalar ekan, jurnalistlarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yilning yanvar oyida Hindistonning Gujorot shtatida bo`lib o`tadigan "Faol Gujorot 2019" tadbirlarida ishtirok etishi haqida aytib o`tdi.

"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashriflari chog`ida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlatimiz rahbarini “Faol Gujorot 2019“ tadbirlarida ishtirok etishga taklif etgan va bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingandi", - dedi vazirning birinchi o`rinbosari.

I.Ne`matovning ta`kidlashicha, ushbu yirik tadbir Hindistonda an`anaviy tarzda o`tkazib kelinadi. Davlat rahbarlari, bosh vazirlar va vazirlar darajasidagi shaxslar ishtirok etadigan forumda mamlakatimizning eksport salohiyati, milliy mahsulotlari, sayyohlik salohiyati namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar