Gollivud kassa tushumlari bo`yicha yangi rekord o`rnatdi, deb xabar qildi Day.Az nashri.
AQSh va Kanadada chiptalar sotilishidan 11,8 milliard dollar mablag` tushgan.
Kinofilmlar chiptalari sotuvi ko`tarilishiga “Qora pantera”, “Qasoskorlar: Abadiyat jangi”, “Dedpul 2”, “Yura davri olami 2” kabi blokasterlarning hissasi katta.
2019 yilda ham “Kapitan Marvel”, “Qasoskorlar 4”, “Olovuddin”, “Joker”, “Ko`zgu” kabi filmlar tufayli Gollivud uchun serdaromad kelishi kutilmoqda.






