Parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini jonlantirish lozim.
"Hozirgi kunda Konstitusiyaga muvofiq parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qo`yishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat a`zolari parlament oldida mas`uliyatni etarli darajada his etayotgani yo`q. Shu bois Vazirlar Mahkamasi a`zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman.
Bo`lajak vazir parlament a`zolari oldida sohani rivojlantirish bo`yicha o`z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo`llarini asoslab bersin. Bir so`z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin", - dedi Prezidentimiz.






