1

Markaziy bank oltin tangalar narxini arzonlatdi

Iqtisodiyot 03.01.2019, 15:49
Markaziy bank oltin tangalar narxini arzonlatdi

O`zbekiston Markaziy banki esdalik oltin va kumush tangalar sotuv narxini ma`lum qildi.

3 yanvar holatiga 1 dona oltin tanga narxi 13 million so`m deb e`lon qilindi. Ya`ni bu o`tgan yil dekabr oyi oxirida belgilangan narxdan 100 ming so`m arzondir.

26 dekabr holatiga 1 dona kumush tanga narxi 244 ming so`m etib belgilangan bo`lsa, endi 227 ming so`m miqdorida sotilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Markaziy banki 30 noyabr kuni 1900 ta oltin va 6900 ta kumush esdalik tangalarini savdoga chiqargan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1