1

O`zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko`tarilmaydi

Iqtisodiyot 04.01.2019, 12:51
O`zbekistonda 2019 yilda narx-navolar keskin ko`tarilmaydi

Moliya vazirligida tadbirkorlar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda Moliya vaziri J.Qo`chqorov yaqinda e`lon qilingan, go`sht, shakar, kartoshka, non, piyoz, baliq kabi mahsulotlardan QQS olishni bekor qilingani haqida izoh berdi, deya xabar qildi O`zA.

Shuningdek, OAV vakillariga 2019 yilda narx-navolar keskin oshmasligini ma`lum qildi.

–To`g`risini aytganda, o`tgan yili non, elektr narxining oshgani hisobiga inflyasiya darajasi 20 foiz bo`ladi degan tashvishda edik, – deydi J.Qo`chqorov. – Lekin hisob-kitoblar bu ko`rsatkichni 14,3 foizni tashkil etganini ko`rsatdi. Buning asosiy sababi tadbirkorlarimiz orasida raqobatning keskin oshgani deb aytish mumkin.

Shuningdek, tadbirda korporativ mijozlar uchun savdo va xizmatlar sohasida cheklar joriy etilishi haqida so`z bordi. Hozirga qadar plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan savdo va servis xizmatlariga chekdan tashqari schyot-faktura ham talab etilib, ortiqcha tashvish bo`layotgan edi. Endi mijozga berilgan chek qonuniy hujjat hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1