AsosiySport

Ektor Kuper: Osiyo Kubogini g`alaba bilan boshlaganimizdan xursandman

'Ektor Kuper: Osiyo Kubogini g`alaba bilan boshlaganimizdan xursandman'ning rasmi

O`zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper Osiyo Kubogidan o`rin olgan Ummonga qarshi o`yindan keyin o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

"Ummon bugun kuchli o`yin namoyish qildi. Biz ko`p vaziyatlarda to`pni raqibdan olib qo`yishga qiynaldik. Bugun ikki xil taym o`tkazdik.Birinchi bo`limda yaxshi harakat qilgandik. Ammo ikkinchi taymda biz ustunlikni raqibga berib qo`ydik. Ummon o`yini nazorat qilishga muvaffaq bo`ldi. Biz hududlarda yopishga qiynaldik, raqibimiz bundan unumli foydalandi. Lekin hisob tenglashgandan keyin ham g`alaba qozonishimizga ishonch bor edi menda. Osiyo Kubogini g`alaba bilan boshlaganimizdan xursandman.

Terma jamoa a`zolari jismoniy jihatdan yaxshi formadalar. Shunchaki bugun birinchi o`yin bo`lgani uchun bir oz asabiylashdilar. Biz Ummonga qarshi uchrashuvda to`pni nazorat qila olmaganimiz uchun ham ko`p yugurishga, ko`p kuch yo`qotishga majbur bo`ldik. Keyingi o`yinlarda bu xatolarimizni to`g`irlashga harakat qilamiz.

Gol kiritilgan vaziyatda ikki futbolchi a`lo darajada harakat qildi. Lekin men har doim jamoaviy o`yinga e`tibor qarataman. Futbolchilarga alohida baho bermayman. Yutsa butun jamoa yutadi. Ba`zi futbolchilarni oldimga chaqirib, ularga alohida ko`rsatma berishim mumkin, lekin doimo ularni bir jamoa bo`lib harakat qilishga chaqiraman", - deydi Kuper.

    Boshqa yangiliklar