AsosiyMunajjimlar bashorati

Bashorat 2019: Javzo

'Bashorat 2019: Javzo'ning rasmi

Jiddiy va mas`uliyatliroq bo`ling! (22 may – 21 iyun)

Umumiy bashorat

2019 yil egasi bo`lmish “To`ng`iz” “Javzo”larnixizmat pillapoyalaridan yuqoriga ko`tarilishlarida qo`llab- quvvatlaydi. Ishda yuzaga keladigan to`siqlardan qo`rqishingiz asossiz. Shuning uchun maqsadingiz sari olg`a qadam tashlang.

Moddiy ahvolingiz bir maromda kechadi. Ijod bilan shug`ullanish va yangilikdan qo`rqmasligingiz sizga omad olib keladi. Ishga sho`ng`ib ketgan va uyga kech qaytadiganlarda biroz muammolar bo`lishi mumkin. Oilaviy muammolar yuzaga kelishini istamasangiz, ba`zida oila a`zolari bilan birga madaniy hordiq chiqarishni kanda qilmang.

Yozda ajoyib ta`til va`da qilinmoqda. Shuning uchun qaerda hordiq chiqarishingizni hozirdan rejalashtirib qo`ying. Ha aytgancha, ta`til ham maroqli, ham foydali bo`ladi. Kerakli hamkorlar bilan tanishish imkoni yuzaga keladi.

Ish ham, hordiq ham o`z vaqtida bo`lgani yaxshi. Qattiq charchash va asabiylashish yaramaydi. Shuningdek, jarohatlarga olib keluvchi sport turlari bilan ham shug`ullanmaganingiz ma`qul.

2018 yil betashvish va tinch o`tgan bo`lsa, “To`ng`iz yili” sizga ko`pgina kutilmagan sovg`alarni tayyorlab qo`ygan. “Qimirlagan qir oshar”, deganlaridek, 2019 yil tinimsiz harakatda bo`lishga to`g`ri keladi. Ba`zilarni esa asabbuzarliklar ham kutmoqda.Fevral oyida hukmronlik mehnatsevarlikni yaxshi ko`ruvchi “To`ng`iz” qo`liga o`tadi. Shuning uchun atrofga engil qarashgava javobgarlikdan qochishga imkoningiz qolmaydi. Faqatgina mehnatsevar va epchillargagina ishda, oilada, daromad borasida omad kulib boqadi. 2019 yil boshida qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Biroq bahorga kelib barcha muammolar o`z echimini topadi. So`ngra sizni yangi g`oyalar, rejalar ortidan yaxshi natijalar ham kutmoqda. Martda ishlaringiz “besh” bo`ladi. Eng asosiysi, behalovat bo`lmang va qaror qabul qilishga shoshilmang. Har qanday masalada “etti o`lchab, bir kesing”.

May oyining so`ngida bir qancha sinovlardan o`tishingizga to`g`ri keladi. “Toqqa chiqmasang, do`lana qayda”, deganlaridek, raqobatchilar bilan haqqoniy kurash olib borishga to`g`ri keladi. Yulduzlar rejalaringizni boshqalar bilan bo`lishish, yaxshilikka olib kelmasligini aytishmoqda.

Yuragingizda sevgi-muhabbat olovi ham birdaniga alanga oladi.

Yoz mavsumi ijodkorlar uchun ijodiy g`oyalarni hayotga tatbiq etishga eng qulay palla hisoblanadi. Sizda yashirinib yotgan iste`dod vulqon kabi kutilmaganda tashqariga “otilib” chiqadi. Yulduzlar har bir bajarayotgan ishingizdan foyda topishingiz kerakligini eslatishmoqda. Masalan, chizgan suratlaringizning ko`rgazmasini tashkil eting.

2019 yilning dekabr oyida ko`pgina quvonchli yangiliklar eshik qoqib keladi. Oilali burj vakillarining uyiga yangi mehmon tashrif buyuradi. Xulosa qilib shuni aytamizki, sizlar uchun 2019 yil juda sermazmun va serjilo o`tadi. Faqatgina ozgina jiddiyroq va mas`uliyatliroq bo`lishga harakat qiling.

ShAXSIY HAYoT

“Javzo”lar yolg`izlikni yoqtir­may­dilar. Atroflarida doimo do`stlari, yaqinlari bo`lishi lozim. Juft tanlashda juda ko`p bosh qotirishga to`g`ri keladi. Eng asosiysi, aqlli va jiddiy insonda tanlovingizni to`xtating. Faqat bir narsa yodingizdan chiqmasin. Muhabbat qanchalar o`tli bo`lmasin, oila qurish bo`sag`asida o`ylab ish ko`rish kerak. Ba`zilar oilangizdagi gap-so`zlarga aralashishga harakat qilishadi. Siz bunga aslo yo`l qo`ymang.

Oilalilar ham 2019 yil jufti bilan yanada yaqinroq bo`lishga, ahil yashashga intilishlari lozim. Qarindoshlar va yaqinlaringiz bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatida bo`ling. Yoshi ulug` yaqinlaringizga alohida mehr ko`rsating. Ularga nafaqat qo`ng`iroq qilib turish, balki moddiy jihatdan ham yordam berish, salomatliklari ustida qayg`urishingiz lozim.

Ba`zida bilib-bilmay qaltis qadam bosib qo`yishingiz ham ehtimolga yaqin. Iloji boricha shunday xatoliklarga yo`l qo`ymaslikka intiling. Farzandlar tarbiyasida aytarli muammo bo`lmaydi. Faqat ularning yurish-turishini, o`qishini kuzatib borish zarur.

“Javzo”lar oilada tartibni, xotirjamlikni xush ko`radi. Shuning uchun bu yilda ushbu burj vakillari uylarini to`liq ta`mirdan o`tkazadilar va uy uchun yangi xaridlarni amalga oshiradilar.

Dekabr oyining oxirida ko`pchilikning xonadonida farzand dunyoga kelish ehtimoli bor.

Yil davomida oila, shaxsiy hayot masalasida tavakkalchilikka yo`l qo`ymang, buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi.

SALOMATLIK

Agar “To`ng`iz yili”da salomatligingiz me`yorda bo`lishini xohlasangiz, har doim ovqatlanish, ish, sportga alohida e`tibor bilan yondashing.

Ovqatlanish tartibini jiddiy nazorat qiling. Tunda og`ir ovqatlar iste`mol qilishdan cheklaning. Ko`proq e`ti­boringizni meva va sabzavotlarga qarating. Hovli ishlari bilan mashg`ul bo`lish ham salomatligingizga foyda.

Agar chekish va spirtli ichimliklar ichish kabi zararli odatlaringiz bo`lsa, “To`ng`iz yili”da ularni unutishga harakat qiling.

Yulduzlar qattiq asabiylashish va ruhiy zarbalardan uzoqroq yurishni maslahat berishmoqda. Hissiyotlaringizni nazoratda ushlang. U asab tizimi ishdan chi­qishida asosiy o`rin tutadi. O`ta yoqimsiz vaziyatlarda ham, jiddiy muammolar sodir bo`lganda ham, keragidan ortiq hayajonlanish, asabiylashish mumkin emas. Ular ruhiy zo`riqishga olib keladi. Ko`proq harakatlaning, toza havoda sayr qiling, ertalab badantarbiyani kanda qilmang. Sport zal, basseyn, voleybol o`ynash va tabiat qo`ynida hordiq chiqarish — ayni muddao.

KARERA

Anchadan beri o`ylab yurgan yangi rejalar 2019 yil sizga asqatishi mumkin.Daromadga ega bo`lish uchun ichki tovushga quloq tuting. Tavakkalga asoslangan kelishuvlar va shartnomalarga juda ehtiyotkorlik bilan imzo cheking.

Xayriya ishlarga ko`proq bosh qo`shing. Har bir xayrli ishlaringiz ortig`i bilan qaytadi.

2019 yilda pulni ko`kka sovurish yaramaydi. Agar daromadlaringizning bir qismini jamg`arib borsangiz, katta xarajatlar qilishga asqatadi. Hattoki ko`pdan beri sizdan yordam so`rayotgan yaqinlaringizni davolatishga ham imkon topasiz.

“To`ng`iz yili”da hech kimga qarz bermang. Chunki yulduzlar 2019 yil aldanib qolishingiz mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Bajarib turgan ishidan ko`ngli to`lmayotganlar bo`lsa, 2019 yil boshidayoq yangi ish topish harakatiga tushganlari ma`qul. Shunda daromad ham bo`ladi, qilayotgan ishingizdan ko`nglingiz ham to`ladi.

AYoL "JAVZO"LAR

O`qish va malaka oshirish — “To`ng`iz yili”da bosh qotirish kerak bo`lgan asosiy masalalardan biri. Ko`nglingizga yaqin kasbni o`zlashtirishingiz sizga katta daromad olib keladi. Eng asosiysi, har bir ishingizni “xo`jako`rsinga” emas, balki jon-jahtingiz bilan amalga oshirasiz. Yulduzlar “To`ng`iz yili”da ko`proq bilim olishni maslahat berishmoqda. Ayniqsa, ushbu izlanish martabaning ko`tarilishiga ta`sir qilsa.

Ayol “Javzo”lar ajoyib oshpaz, sartarosh bo`lishlari yoki dizaynerlik san`atida o`zlarini sinab ko`rishlari mumkin. 2019 yil yulduzlar biror bir xobbi bilan shug`ullanishni tavsiya qilishmoqda. Ushbu mashg`ulot sizga ko`p yillar ilhom bag`ishlab, yangi ijodiy bosqichga olib chiqadi. Ichki olamni boyitish birinchi o`rinda bo`lsin.

Yanvar oyidan martga qadar juda barakali davr hisoblanadi. Ko`plab orzularingiz ushaladi, rejalaringiz amalga oshadi. Bahorning boshlarida uzoq sayohatlarni rad eting. Avtomobil yo`llarida ehtiyotkor bo`lishga harakat qiling.Kuzning o`rtalarida esa merosga bog`liq masalalar ustida bosh qotirishga to`g`ri keladi.

ERKAK "JAVZO"LAR

2019 yil erkak “Javzo”lar kutilmagan voqealar bilan yuzlashadi. Ular tufayli sizning hayotga bo`lgan qarashingiz o`zgaradi. Ishlaringiz kutilmaganda ko`payib ketadi, biroq uydagi vazifalar va yaqinlaringiz haqida unutib qo`yishga bu bahona bo`la olmaydi. Unutmang, “Besh qo`l og`izga sig`mas”. G`ayrat ko`rsatish va tashabbuskorlik qilish yaxshi. Biroq ushbu xislatlarni me`yoridan orttirib yubormang. Har qanday yangilik va o`zgacha vaziyatlar sizni boshi berk ko`chaga etaklashi mumkin. 2019 yilda “suvdan quruq chiqish” uchun o`ta kuzatuvchan bo`lish talab etiladi. Muammolar yuzaga kelmasligi uchun atrofdagilarga bo`lgan munosabatingizni yaxshilang. Boshqalar sizni e`tiborsizlikda va uzoqlashib ketishda ayblamasligi uchun yumshoqko`ngil va kirishuvchan bo`lganingiz yaxshi. Ko`proq turmush o`rtog`ingiz yoki qadrdon do`stingiz maslahatlariga quloq tuting. O`z salomatligingizga putur etkazib qo`ymaslik uchun yomon xayollardan qisqa vaqt ichida xalos bo`lishga o`rganing.

Bahorning boshida esa juda ehtiyotkor bo`lish maslahat beriladi. Hujjat va qimmatli qog`ozlarni yuritishda sinchkov bo`ling. Biror vaziyat yuz bersa, yuristga tayanishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bashorat 2019: Hut'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 16:19

    'Bashоrat 2019: Dalv'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 15:59

    'Bashorat 2019:  Jadiy'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 15:48

    'Bashorat 2019: Qavs'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 15:16

    'Bashorat 2019: Aqrab'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 14:39

    'Bashorat 2019: Mezon'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 12:52