«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi kengashi joriy yilning to`qqiz oyida kompaniyaning ishlab chiqarish va moliya sohalarida olib borgan faoliyatini ko`rib chiqib, tuzilma bo`linmalarining kuz-qish mavsumi uchun tayyorligi masalasini muhokama qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
2014 yilning yanvar — sentyabr oylarida milliy aviakompaniya samolyotlarida yuk tashish ko`rsatkichi 7,1 foizga o`sib, pochta hamda pulli yuklar bilan birgalikda 32 ming tonnani tashkil etdi.
Qayd etilishicha, uzoq xorijga yuk eltish ko`rsatkichi 2013 yilning dastlabki to`qqiz oyiga nisbatan 17,6 foizga oshgan bo`lsa, MDH davlatlariga yuk etkazish 22,4 foizga, mahalliy yo`nalishlar bo`yicha esa 13,4 foizga o`sgan.