1

"Tarvuz" pechenesi

SUG'DIYONA 04.11.2014, 18:37
"Tarvuz" pechenesi

Kerakli masalliqlar:

120 gr shakar,
150 gr sariyog`,
1 dona tuxum, 
265 gr un, 
1 choy qoshiq quruq drojja, 
ozgina tuz, vanilin
sedana yoki qora mayiz, shokolad chipsi ham ishlashsa bo`ladi. 
qizil va yashil buyoq. 

Tayyorlanishi:

Sariyog` va shakarni mikserda aralashtiramiz. Tuxum, tuz, vanilin qo`shib, yana qorishtiramiz. Drojjani ham qo`shib yuborgach, xamir qorish lozim bo`ldadi.
Xamirni uch bo`lakka bo`ling, kichik, o`rtacha va kattaroq zuvalachalar hosil qiling. Kattasiga qizil rang, kichigina yashil rang aralashtirib, muzlatgichga 2 soatga qo`ying.

So`ngra qizil xamirdan uzun iloncha yasang, rang qo`shilmagan xamirni esa yoyamiz.Qizil kolbasani rangsiz xamir bilan o`raymiz. Yashil xamirni yoygach, yana kolbasaning ustidan o`raymiz. 10 daqiqaga muzxonada tindirib, so`ngra yarim santimetrdan qilib kesib chiqamiz. gap pechi patnisiga dumaloqlarimizni terib, ustiga sedana yoki qora magizni maydalab, tiqib chiqamiz. 180 gradus isitilgan duxovkada 10 daqiqa pishiramiz. Pishib chiqqach, dumaloqlarimizni issiqligida pichoq bilan ikkiga bo`lib chiqamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1