1

Frikadelka sho`rva

SUG'DIYONA 04.11.2014, 18:39
Frikadelka sho`rva

Kerakli masalliqlar:
Sho`rva
si uchun:

2 – 2,5 litr suv

2 ta kartoshka (mayda qilib to`g`ralgan)

1 osh qoshiq saryog`

1 ta sabzi (qirg`ichdan o`tkazilgan)

0,5 ta katta piyoz (mayda to`g`rlagan)

tuz, murch (ta`bga ko`ra)

3 – 4 osh qoshiq guruch

1 – 2 ta lavr bargi

ta`bga ko`ra murch, ko`k piyoz, ukrop, petrushka (mayda qilib to`g`ralgan)

Frikadelkalar uchun:

0,5 kg tovuq go`shti (maydalagichdan o`tkazilgan)

1 bo`lak non yoki 1 piyola non uvog`i

1/4 - 1/3 piyola sut

1 choy qoshiq tuz

1/4 choy qoshiq qora murch

1 ta tuxum

1/4 – 1/2 piyoz (qirg`ich yoki maydaligichdan o`tkazilgan)

Tayyorlanishi:

1. Suvni qaynash darajasiga olib keling.
2. Lavr bargi va ta`bga ko`ra murch va tuz soling.
3. Kartoshkani solib, olovni o`rta darajagacha pasaytiring.

4. Alohida tovada sariyog`ni eritib, piyozni soling. 1/4 - 1/3 choy qoshik tuz solib, ustini yopib, o`rta olovda 3-5 daqiqa davomida piyoz shaffof rangga kirguncha qovuring. 
5. Sabzini soling va yana bir chimdim tuz sepib, ustini yopgan holda 2 – 4 daqiqa davomida qovurishda davom eting. 
6. Tayyor bo`lgan aralashmani sho`rvaga qo`shing.

7. Sutga non uvog`ini qo`shib, 5 daqiqa davomida uvog`lar sutni shimib, yumshaguncha tindiring.
8. Uvog`ga qolgan barcha masalliqlarni solib yaxshilab aralashtiring. 
9. Sho`rvaga guruchni qo`shing (guruchni sho`rvaga frikadelkalani solishdan oldin qo`shiladi).

10. Qo`lingizni namlab, qiymadan yarim osh qoshiq kattaligida koptokchalar yasang va mildillab turgan sho`rvaga solib chiking.
11. Olovni ko`tarib bir qaynatib oling va yana pasaytirb, guruch va frikadelkalar yaxshilab pishguncha, yoki o`rtacha 20 daqiqa, kaynatishda davom eting.
12. Tayyor bo`lgan sho`rvani ko`katlar bilan bezatib, dasturxonga tortish mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1