Turmush o`rtog`ingiz qanday inson?

SUG'DIYONA 05.11.2014, 17:51
 Turmush o`rtog`ingiz qanday inson?

Savollarga «Ha», «Goh-gohida» yoki «Yo`h» deb javob bering. Aziz erkaklar, ayting-chi, rafiqangiz: 

1.    Uyda eski xalatda, doim sochi to`zgigan holda yuradimi? 

2.  Siz uning aybi bilan doim ishga kechikasizmi?

3.  U bo`lar-bo`lmasga kulaveradimi?

4. U uydagi ozodalikka e`tibor bermaydimi? 

5.    Telefonda uzoh gap sotib holadigan odati bormi? 

6.    Ovqati bemaza, palovi doim pgo`r yoki tuzsiz, hech bo`lmaganda tagi oladimi? 

7.    Sartaroshxonaga borishni xush ko`radimi? 

8.    Shirinlikni yaxshi ko`rganidan (yoki haddan ziyod ovhat eganidan) borgan sari semirib ketyaptimi? 

9.    U fahat yangi kiyim, tilla tahinchoh, gap-gashtak, mehmonga borish hahida o`ylaydimi? 

10.    Televizorda hiziharli film yoki futbol tomosha hilayotganingizda tez-tez savol berib chalgitaveradimi? 

Endi, muhtarama ayollar, huyidagi savollar siz uchun. Sizning eringiz: 

1.    Bo`sh vaht topdi deguncha fahatdivanga yonboshlab televizor ko`rgancha dam olib yotadimi? 

2.    Dasturxon boshida sigareta holdihlari holdiradimi? 

3.    Ko`p ovhat eydimi?

4.    Kiyimlarini joyiga ilib ho`ymaydimi? 

5.    Uyga kelib, hishagina: «Yaxshimisizlar», deyish bilan cheklanadimi? 

6.    Hech qachon axlat chelakni to`kib kelmaydimi? 

7.    Dam olish kunlari uy-ro`zgor yumushlariga qo`l urish yoki oilaviy biror joyda hordiq chiqarish   o`rniga allaqayoqlarga chiqib ketguncha kechqurun qorni to`q, bir oz shirakayf holatda kirib keladimi? 

8.    Sizdan ko`ra o`zining oshnalari-yu qarindosh-urugini qadrlaydimi ? 

9.    Uyga poyabzalini artmasdan kirib, hidlangan paypogini duch kelgan joyga echib ketaveradimi? 

10.    To`shakka sizdan oldin yotib doim uxlab qoladimi? 

Ballarni quyidagi tartibda hisoblab chiqing: «Ha» javobiga — 3 ball;«Ba`zan» javobiga — 2 ball; «Yo`q» javobiga esa — 1 ball. 

0 dan 10 ballgacha: Sizning umr yuldoshingiz ideal. Unga til tekkizib bo`lmaydi! Qadriga eting... 

11 dan 14 ballgacha: Sizning umr yo`ldoshingiz aqlli, mulohazali inson. U tinchliksevar va bagrikeng, biroq ozgina erinchoqligi ham bor. Unga faqat yaxshi gap ta`sir etishi mumkin. 

15 dan 19 ballgacha: Umr yo`ldoshingiz ba`zan ruhiy tushkunlikka tushadi. Fe`li torroq, bir oz jahldor bo`lib qolgan. Bunda sizning ham aybingiz borligini o`ylab ko`ring. 

20 dan 24 ballgacha: Oilaviy tushunmovchilik, janjallarning sababchisi — umr yo`ldoshingiz. Bunda sizga biror maslahat berish qiyin. Har kimni o`ziga insof bersin! 

25 dan 30 ballgacha. Ochig`ini aytganda, umr yo`ldoshingiz maydakash, mijgov, sergap va injiq odam. Albatta, buni hazil deb qabul qilishingiz mumkin. Ammo har qanday hazilning tagida haqiqat yotadi. E`tibor bergan bo`lsangiz, rivoyatlarda ham, ertaklaru dostonlarda ham ayyorlikka nisbatan goh salbiy, goh ijobiy baho beriladi. Demak, ayyorlik fazilat yoki qusur ekanligi uning qanday maqsadda qo`llanilishiga bogliq ekan. Ayyorlik — puxta echim usulini topish, hoeirjavoblik, uddaburonlik, chaqqonlik, oldindan ish ko`rib qo`yish, bir oz hazil-mutoiba va pinhoniy ish tutish kabilar bilan shartli ravishda sifatlanishi mumkin. Demakki, sodda yoki o`ta jiddiy kishi ayyor bo`la olmaydi. Siz- chi, Siz o`zingizni ayyor deb bilasizmi? Umuman, ayyorlik fe`lingizga, ruhiyatingizga xosmi yoki aksincha, tamomila yot? Keling, qo`yidagi test savollariga javob berish bilan buni bir qadar aniqlashga harakat qilib ko`raylik. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1