AsosiySUG'DIYONA

Pardoz yoshga yosh qo`shmasin desangiz 5 qoidaga amal qiling

'Pardoz yoshga yosh qo`shmasin desangiz 5 qoidaga amal qiling'ning rasmi

Bo`y qizlar yanada go`zal bo`lish uchun pardoz qilsa, 35-40 yoshdagi ayollarning upa-elik surtishdan maqsadi yoshroq ko`rinishdir. Lekin bunda natija aksincha bo`lmasligi uchun pardoz qoidalariga amal qilish lozimligini unutmaslik kerak.

1. Kremni to`g`ri tanlang!

35 yoshdan oshgach, husnbuzarlarni berkitmaysiz, ammo ajinlarni ko`zdan panalatish kerak bo`ladi. Shuning uchun quyuqroq VV va SS-kremlarga e`tibor bering. Ular ajinlarni berkitish bilan birga, terini namlantirib, oziqlantiradi.

2. Upadan voz keching!

Yosh o`tgach, teri yog`lanishi kamayadi. Agar teringiz yog`li bo`lmasa, upadan voz kechganingiz ma`qul.

3. Qancha kam bo`lsa, shuncha yaxshi

Yuzingizda kosmetik vositalar qancha kam bo`lsa, shuncha yoshroq ko`rinasiz. Masalan, lab bo`yog`idan foydalansangiz, ko`zlarni kamroq bo`yang. Yoki aksincha.

4. Qoshlar

Qoshlar alohida e`tiborni talab qiladi. Ammo bu «tatuaj» yoki «rastushovka» qiling, degani emas. Shunchaki asl qosh rangiga mos qalam bilan ozroq rang berish lozim.

5. Pomada rangida adashmang

Lablarni to`q qizil, siyohrang, jigarrang va boshqa bo`g`iq yoki yorqin rang bilan bo`yamang. Pomada lablarning tabiiy rangidan 1-2 tusga to`qroq bo`lgani ma`qul.

Unutmang, yuzingizdagi qalin pardoz emas, undan foydalanish mahoratingiz sizni yoshartiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar