AsosiyDunyo

Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Bishkekka keldi​

'Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Bishkekka keldi​'ning rasmi

Bugun, 4 fevral kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Bishkekka keldi. U Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Lavrovning so`zlariga qaraganda, uning tashrifi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Qirg`izistonga Davlat tashrifiga tayyorgarlik ko`rishga hamda hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etishdan iborat.

“Biz bugun Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri bilan davlat rahbarlari tomonidan oldimizga qo`yilgan tashqi siyosat bilan bog`liq barcha masalalarni muhokama qilamiz, bu masalalar barcha yo`nalishlar bo`yicha faoliyatimizni barqarorligini ta`minlaydi”, - dedi Lavrov.

Jeenbekov Putinning bo`lajak tashrifini nufuzli siyosiy hodisa, deya atadi. Uning so`zlariga qaraganda, Rossiya rahbarining tashrifi yuqori darajali ittifoqchilik va strategik hamkorlikni namoyish qiladi.

Bundan avvalroq Putinning Qirg`izistonga davlat tashrifi 2019 yil mart oxirlariga mo`ljallanayotgani haqida xabar tarqatilgan edi. Qirg`iziston Prezidenti ma`muriyatining xabariga ko`ra, Rossiya rahbarining Qirg`izistonga davlat tashrifi yakunlari bo`yicha harbiy, iqtisodiy va huquq-tartibot sohasida, mintaqaviy va tashqi siyosat masalalaridagi hamkorlikka bag`ishlagan 15 ga yaqin hujjat imzolanadi.

    Boshqa yangiliklar