AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi yong`inda ikki kishi jarohat olgani ma`lum qilindi

'Qashqadaryodagi yong`inda ikki kishi jarohat olgani ma`lum qilindi'ning rasmi

2019 yil 5 fevral kuni soat 00:24larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi Sh.M. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtomashinasida Xo`jaabdijabbor qishlog`ida joylashgan avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchasi (AYoQSh)ga kelgan vaqtida ushbu avtomashinada yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Oqibatda yuk avtomashinasi to`liq yonib zarar ko`rgan va yong`in o`chirish vaqtida haydovchi Sh.M. va shu AYoQSh ishchisi A.R. kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilganlar.

Yong`in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Qashqadaryodagi AYoQShda "Gazel" avtomashinasi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar