Bugun, 7 fevral kuni Toshkent shahridagi Universal sport saroyida Huquqni muhofaza qilish organlari qo`l jangi fedarasiyasi tomonidan tashkil etilgan qo`l jangi bo`yicha o`smirlar va kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionatining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
800 nafardan ortiq sportchilar qatnashayotgan musobaqa 16-17 yoshli o`g`il bolalar va qizlar hamda 18 yoshdan katta erkaklar va ayollar o`rtasida o`tkazilmoqda.
Musobaqaning final bosqichi Universal sport saroyida 9 fevral kuni o`tkaziladi.
Mazkur musobaqalarda Mudofaa vazirligining jami 58 ta sportchisi ishtirok etmoqda.
2018 yilning sentyabrida Mustaqil davlatlar hamdo`stligiga a`zo davlatlar do`stona armiyalari o`rtasida armiya qo`l jangi chempionati ham aynan shu sport saroyida bo`lib o`tgan edi. Unda O`zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritgan.