AsosiyJamiyat

Yunusobodda 15 yashar maktab o`quvchisi bo`g`ib o`ldirildi

'Yunusobodda 15 yashar maktab o`quvchisi bo`g`ib o`ldirildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15 yashar maktab o`quvchisining jasadi topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 7 fevral kuni soat 17:40da 102 raqamiga tushgan xabarga ko`ra Yunusobod tumanidagi o`z uyida 15 yashar N.E.ning bo`g`ilish izlari bilan jasadi topilgan.

Ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Tergov–tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20 yoshli E.A. ushlangan. Jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar