AsosiyJamiyat

MIB haydovchilardan 9 kunda 5,5 milliarddan ortiq summa undirdi

'MIB haydovchilardan 9 kunda 5,5 milliarddan ortiq summa undirdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi bo`yicha qo`shma reyd-tadbir o`tkazdi.

Shu yilning 30 yanvaridan boshlangan tadbirning 9 kunida jami bo`lib undirilgan jarimalar miqdori 5 mlrd. 603 mln. 065 ming 115 so`mni tashkil etmoqda. Bu bilan jami bo`lib 18700 nafar qoidabuzar aniqlangan.

Shundan tahlillarga ko`ra, Toshkent shahar haydovchilarining boshqa viloyatlarda sodir etgan huquqbuzarliklari bo`yicha 9513 nafar yoki 2 milliard 754 million 047 ming 219 so`m jarimalar undirildi. Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo`yicha poytaxtning 20 ta markaziy ko`chalarida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o`rnatilgan avtomatik moslama yordamida 9 kunda 7367 ta qoidabuzardan 2 milliard 508 million 940 ming 726 so`m jarimalar undirilgan. Olib borilgan tadbirlar natijasida esa 949 million 239 ming 593 so`m jarimalar undirilgan. Bu bilan 3342 ta qoidabuzar aniqlangan.

photo5375174321842006567.jpg

Shuningdek, 53 ta avtotransport vositalari esa jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo`lgan 14 ta avtotransport vositasi ham aniqlandi.

Yo`l harakati qoidalarini buzish oqibatidan kelib chiqqan huquqbuzarliklar uchun o`z vaqtida e`tiborsizlik oqibatida to`lanmagan jarimalar endi shu tartibda majburiy undiriladi, aks holda avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo`yilishiga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar