AsosiyJamiyat

Joriy yilning birinchi choragida yana 40 ta Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi ochiladi

'Joriy yilning birinchi choragida yana 40 ta Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi ochiladi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va uning hududlardagi qo`mitalari tomonidan davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo`rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori mazmun-mohiyati bag`ishlangan bir qator tadbirlar va brifinglar o`tkazildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo`mitasi ma`lum qildi.

Shundan kelib chiqib, bugungi kunda joylarda xotin-qizlar qo`mitalari huzurida zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, bu ishlar natijasida hozir yurtimizda 160 Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyat ko`rsatmoqda. Joriy yilning I choragi davomida mamlakatimiz tuman va shaharlarida yana 40 ta ana shunday markaz ochilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar