AsosiySport

Tokio-2020 Olimpiada saralashining 2-bosqichi O`zbekistonda bo`lib o`tadi

'Tokio-2020 Olimpiada saralashining 2-bosqichi O`zbekistonda bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 1-9 aprel kunlari Ayollar futboli bo`yicha Tokio-2020 Olimpiada saralashining 2-bosqich o`yinlari bo`lib o`tadi.

Mazkur bosqichda 12ta terma - Vetnam, Xitoy Taypeyi, Myanma, Iordaniya, Eron, Hindiston, Filippin, Gongkong, Indoneziya, Falastin, Nepal va O`zbekiston ishtirok etadi. Bu jamoalar uch guruhga bo`lingan holda bahs olib boradi.

Osiyo futbol konfederasiyasi mazkur uchta guruh bahslariga Myanma, Falastin va O`zbekiston mamlakatlari mezbonlik qilishini tasdiqladi.

2-saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi 13 fevral kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi guruhdagi raqiblari nomini bilib oladi. Guruhlarda birinchi o`rinni qo`lga kiritgan 3ta jamoa Olimpiada saralashining 3-bosqichiga yo`l olishini ham ta`kidlab o`tish kerak.

    Boshqa yangiliklar