“Kardiff” futbol klubi hujumchisi Emiliano Salo samolyotda halokatga uchragani to`g`risida xabar bergan edik, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Bir necha hafta davom etgan qidiruv ishlari natijasida halokat joyidan topilgan tanani yuqoriga olib chiqish keyinga qoldirildi. Bunga esa hududdagi noqulay havo sharoiti sabab bo`lmoqda. Olingan so`nggi xabarlarga ko`ra, qutqaruvchilar guruhiga jasadni 67 metr chuqurlikdan olib chiqish uchun kuchli to`lqinlar halal bermoqda. Jasad futbolchi yoki samolyot uchuvchisiniki ekani hozircha noma`lum.