AsosiySport

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig`in davomida 3ta nazorat uchrashuvi o`tkazadi

'O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig`in davomida 3ta nazorat uchrashuvi o`tkazadi 'ning rasmi

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Tokio-2020 olimpiadasiga yo`llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.

Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko`rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O`zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig`in o`tkazadi.

Yig`in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning "VSG Vattens" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19 fevralda esa "Real Mursiya A" jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan.

16 fevral
O`zbekiston OTJ - "VSG Vattens"

19 fevral
O`zbekiston OTJ - "Real Mursiya A"

21 fevral
O`zbekiston OTJ - "Lokomotiv" Tbilisi

    Boshqa yangiliklar