1

Bedana tuxumi: jigar, buyrak va bo`g`im kasalliklarida shifo

Salomatlik 15.02.2019, 09:43
Bedana tuxumi: jigar, buyrak va bo`g`im kasalliklarida shifo

«Mitti, demang bizni, ko`tarib uramiz sizni», degan naql aynan bedana tuxumiga qarata aytilgandek go`yo. O`zi mittigina bo`lishiga qaramay, ming bir dardga davo bo`lgan bedana tuxumining foydali xususiyati, kezi kelganda, zararli jihatlarini ham bilib qo`ygan foyda. Quyida aynan shu haqida so`z boradi.

Gemoglobinni ko`taradi

Uch dona bedana tuxumining hajmi bitta tovuq tuxumiga teng keladi. Shunga qaramay, bedana tuxumi foydalilik jihatidan tovuq tuxumiga nisbatan bir necha barobar ilg`orroq. Jumladan, tovuq tuxumiga qaraganda, bedana tuxumi tarkibida kaliy 5, temir 4, V1 va V2 vitaminlari esa 2,5 barobar ko`p. Tuxumda oqsil moddasi 65 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bedana tuxumida A vitamini, nikotin kislotasi, fosfor, mis, lizosim, kalsiy, kumush va boshqa aminokislotalar ham bor.

Bedana tuxumi, asosan, quyidagi kasalliklarda davo bo`ladi:

*tanadagi ortiqcha tuzlarni chiqaradi;

*immunitetni oshiradi;

*yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Miyada qon tomir kasalliklarini oldini olib, yurak hastaligida shifo bo`ladi.

*erkaklik quvvatini oshiradi;

*gemoglabinni ko`taradi;

*jigar, oshqozon, buyrak, bronxial astma xastaligida foydali egulik.

Erkaklarga foydasi...

Erkaklik quvvatini oshirish maqsadida 40 kun davomida ertalab va kechqurun 3 tadan bedana tuxumi xomligicha yutiladi. Mazkur usul, ayniqsa, urug` tahlili past chiqqan hollarda tavsiya etiladi.

Shamollash va jinsiy xastaliklarda

100 ml gazli suv, 1 osh qoshiqdan limon sharbati bilan asal, 20 gr spirt eritmasi va 2 dona bedana tuxumi yaxshilab aralashtiriladi. Mazkur ichimlik kuniga ikki mahal to`q qoringa ichiladi.

Immunitetga yordam...

Ertalab va kechki payt ovqatdan avval 3 donadan (5 yoshgacha bo`lgan bolalarga 1 tadan) bedana tuxumini xomligicha iste`mol qilsangiz, tez orada foydasini sezishingiz mumkin. Buning uchun tuxumni piyolada atalab, bir ko`tarishda sipqorib iching. So`ng yarim soat hech narsa emang. Tuxumni 1 oy davomida har kuni ichishga odatlaning.

Yana bir tavsiya: 1 stakan olma yoki sabzi sharbatiga 2-3 dona ko`pirtirilgan tuxum va bir qoshiq asal qo`shing va kuniga bir mahal qabul qiling.

Po`stlog`ini tashlamang...

Bedana tuxumining po`stlog`i ham foydali. Uning kukuni organizmda kalsiy etishmasligi, suyaklar mo`rtligi va qo`l-oyoqlarning tez-tez sinishi kabi holatlarda asqatadi. Buning uchun ichidagi suyuqlikni ichganingizdan so`ng po`stlog`ini sovuq suvda yaxshilab chaying. So`ng 5 daqiqa qaynating. Suvini o`zgartirib, qaytadan yana besh daqiqa qaynating. Shundan keyin suvini to`kib, ustidan olma sirkasini qo`shing-da 1 kun salqinroq joyda usti yopilgan holda saqlang. Ertasiga esa tuxum po`stlog`ini quyosh tushmaydigan joyda quritib keyin blenderda maydalang. Hosil bo`lgan tuxum kukuni 1 choy qoshiqning 1\3 qismi miqdorida har kuni ertalab iste`mol qilinadi.

Kichkintoyimiz sog` bo`lsin!

Farzandingizga kunora 2 dona bedana tuxumini tayyorlab berishga odatlansangiz, u sog`lom, kuchli bo`lib voyaga etadi. Xotirasidan ham shikoyat qilmaydi, asab tizimi mustahkam bo`lib, ko`zlari juda o`tkir bo`ladi. Shu bilan birgalikda, bunday bolalarning organizmi me`yorda rivojlanib, ha deganda, kasal bo`lavermaydi.

Ko`krak saratonining oldini oladi!

Bedana tuxumi tarkibidagi foydali xolin moddasi ayollarni ko`krak saratonidan himoyalaydi. 2 dona tuxum tarkibida 250 mg xolin bo`lda. Bu kundalik me`yor uchun etarli sanaladi.

Osteoporozdan himoyalaydi

Bedana tuxumi tarkibidagi D vitamini suyak emirilishi va osteoparoz xavfini bartaraf etadi. Bordi-yu, bu dardga chalingan bo`lsangiz, tavsiya etiladigan surtmani qo`llab ko`ring. Tayyorlash uchun 5 dona bedana tuxumini idishga chaqib, 2 osh qoshiq sirka bilan aralashtiring. So`ng ustini yopib, sovuqroq erda 2 kun saqlang. Aralashmaga 1-2 osh qoshiq sariyog` qo`shib, bo`tqa tayyorlaysiz. Ushbu aralashmani kuniga 2-3 martagacha og`riyotgan bo`g`imlarga surtish mumkin.

Zarari bor!

Foydali xususiyatlari talaygina bo`lsa-da, bedana tuxumiga ruju qo`yish ham yaramaydi. Kattalar kunora 4-6 tagacha, keksalar esa 3-4 tagacha iste`mol qilishlari mumkin. 1-3 yoshli bolalarga 1-2 dona, 4-10 yoshgacha bo`lganlar uchun 3 dona, o`smir yoshdagilarga esa 4 tagacha iste`mol qilish kunlik me`yor sanaladi. Jigar xastaligida kuniga 1-2 dona tuxumdan ortig`i xavf tug`dirishi mumkin. Ortiqcha iste`mol qilingan tuxum bolalar va kattalarda bosh ichki bosimining oshishiga sabab bo`lish ehtimoli bor. Shuningdek, allergiyaga moyillar uni iste`mol qilishda ehtiyot bo`lishlari tayinlanadi.

Shahlo ShERMUHAMMEDOVA.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1