Kuchli shamol tufayli kamida 4 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Voqea Alvito va Guidoniya shaharlarida ro`y bergan.
Dengizda harakatlanayotgan turk savdo kemasining ekipaj a`zolari ham dovulda qolib ketishgan. Ular vertolyot yordamida qutqarib olindi.
Shamol daraxtlarni ildizi bilan qo`porib, ko`plab binolarning tom qismini uchirib yuborgan. Kuchli momoqaldiroq va shiddatli yog`ingarchilik suv toshqinlarini keltirib chiqarmoqda. Rimda esa yomon ob-havo sharoiti tufayli Kolizey arxeologiya majmuasi vaqtinchalik yopildi.






