1

Samarqandda AQShlik pediatrlar chaqaloqlar reanimasiyasi bo`yicha seminar o`tkazdi

Salomatlik 13.11.2014, 17:58
Samarqandda AQShlik pediatrlar chaqaloqlar reanimasiyasi bo`yicha seminar o`tkazdi

Samarqand shahrida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Evroittifoq, YuNISEF hamkorligidagi “O`zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilishni takomillashtirish” loyihasi doirasida seminar-trening bo`lib o`tdi.

Chaqaloqlar reanimasiyasi bo`yicha o`tkazilgan seminarda viloyatdagi tug`ruq majmualari xodimlari, tibbiyot muassasalari o`qituvchilari ishtirok etdi.

Seminarda loyiha ishtirokchilari, Amerika pediatrlar akademiyasi professorlari Jorj Benet, Kerolayn Rich Denson hamda mahalliy trenerlar tomonidan yangi tug`ilgan chaqaloqlar reanimasiyasi, shu davrda ko`p uchraydigan xastaliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar bo`yicha ma`ruzalar o`qilib, interfaol usullarda mashg`ulotlar o`tkazildi.

Ushbu seminarning har bir ishtirokchisiga hamkorlar ko`magida nashr etilgan, keyingi yillarda xorijda shu sohada olib borilgan izlanishlar natijalari, tug`ruqxona xodimlari uchun mo`ljallangan “Chaqaloqlar reanimasiyasi” nomli qo`llanma tarqatildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1