Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli «Oxunbobo» qabristoni nazoratchisi yangi qabrga er maydoni ajratish uchun vafot etgan shaxslarning yaqinlaridan pul talab qilgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda «Darakchi» gazetasiga tayanib, xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, qabriston nazoratchisi ikki yil davomida yangi qabrga er maydoni ajratish uchun besh kishidan 1,5 million so`mdan, bir kishidan 1,35 million so`m, yana bir kishidan esa 1,45 million so`m pul talab qilib olgan.
Bundan tashqari, u qabristondagi yollanma ishchi bilan til biriktirgani holda qabriston hududida joylashgan ehson qutilaridagi uch million so`mdan ortiq xayriya pullarini o`g`irlab, o`zlashtirib olgan.
«Tiriklar tugul, o`liklarning ham haqidan hazar qilmagan bu kimsa [...] o`z kirdikorlari uchun qonun oldida javob beradigan bo`ldi», — deyiladi gazetadagi maqolada. Biroq unga nisbatan qanday chora ko`rilganiga aniqlik kiritilmagan.





