Har qanday musiqa ham nostandart tarzda fikrlashga yordam beravermaydi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Ma`lum bo`lishicha, ba`zi musiqalar shovqinining balandligi yoki tushunarsiz so`zlari ijod bilan shug`ullanayotgan kishiga xalal berarkan.
Shu bois olimlar ijodiy kasb vakillari, shifoxonalar, yo`l transporti va katta diqqat-e`tibor qilinadigan kasb xodimlariga musiqa tanlashda ehtiyot bo`lishlarini tavsiya etishmoqda.






