Barcha yirik do`konlari xaridorlardan ko`p pul olib qolishni istashadi, deya xabar qildi Rambler nashri.
Ammo sotuvchilarning o`ziga xos hiylalari bo`ladi.
“Ikki juft” qoidasi
Sotuvchidan boshqa o`lchamdagi oyoq kiyimini so`raganingizda, u sizga bir necha juftini keltirishi turgan gap. Sotuvchi sizga yordam berayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida tanlovni ular qanchalik ko`paytirishsa, sotish imkoniyati shunchalik ko`payadi.
Sizdan hamisha o`tirishni so`rashadi.
Qoidaga ko`ra, sotuvchi xaridor do`konga kirganidan so`ng 15-20 soniya ichida kutib olishi lozim. Sizga kerakli poyabzalni tanlashda yordam berganidan so`ng u sizdan: “Marhamat, o`tiring”, deb iltifot ko`rsatadi. O`tirganingizdan so`ng esa ular osonlik bilan nazoratni qo`lga olishadi, negaki shu holatda sizning xarid qilish ehtimolingiz oshadi.
Qimmat degani sifatli degani emas
Ko`pincha sotuvchilarning o`zi ham poyabzal nimadan tayyorlanganini bilishmaydi. Psixologiyamizda shunday tushuncha borki, go`yoki oyoq kiyimi qancha qimmat bo`lsa, shuncha sifatli bo`ladi. Aslida bunday emas. Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar sifat jihatidan qimmat modellardan farq qilmaydigan arzon mahsulotlarni yasashni o`rganib olishgan.






