Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mintaqaviy masalalar bo`yicha muzokaralar o`tkazish uchun Fors ko`rfaziga o`z safarini boshladi, deya xabar qilmoqda Report nashri.
Uning ilk manzili Qatarning Doha shahri bo`ldi. Moskvaning ta`kidlashicha, Doha savdo aloqalari, energetika, shuningdek, harbiy-texnik sohada ham rivojlanmoqda. Lavrov Al-Tani bilan uchrashib, Suriya, Yaman va Livandagi vaziyatni muhokama qildi. Shundan so`ng, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoniga safar qiladi.






