Malayziya transport vazirligi 2014 yilda izsiz yo`qolgan Boeing samolyoti qidirish operasiyasi yana boshlanishi mumkinligini ma`lum qildi, deb xabar qildi TASS nashri.
Qidiruv amaliyoti havo layneri qulagan joyda davom etadi. Bu haqda Malaysia Airlines aviakompaniyasi layneri yo`qolganining 5 yilligiga bag`ishlangan marosimda e`lon qilingan.
Eslatib o`tamiz, Malayziya aviakompaniyasiga qarashli 2014 yil 8 mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga reysni amal oshirgan Boeing 777-200ER samolyoti havo ko`tarilgandan 40 daqiqa o`tgach, Janubiy Xitoy dengizi ustida yo`qolib qolgan. Samolyot bortida 227 yo`lovchi va ekipajning 12 a`zosi bo`lgan. Ularning barchasi 2015 yil yanvarda baxtsiz hodisa qurbonlari, deb tan olingan. Tergov idoralari samolyotning yo`qolishi sabablari va tafsilotlarini aniqlay olishmagan.






