Meksikalik arxeologlar Yukatan hududi yaqinidan qadimiy mayyalar davriga oid buyumlarni topishdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Balanankan g`orini qayta tekshirish ishlari chog`ida olimlari o`zlari kutganlaridan ham ortiq topilmalarga duch kelishdi. Arxeologlarning so`zlariga ko`ra, ushbu qadimiy buyumlar to`plami diniy marosimlar o`tkazish uchun mo`ljallangan. Ular orasida idishlar, mash`alalar va turli haykalchalar bor. Mayyalar bu erda ma`budlar uchun qurbonlik qilishgan, degan taxminlar bor. Tadqiqotlar davom etmoqda.






