Yaponiyaning Tokio shahri okrug sudi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonni garov puli evaziga ozod etish to`g`risida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, garov puli miqdori 9 million dollarni tashkil etadi. Nissan sobiq rahbarining himoyachisi tomonidan taklif etilgan bu galgi talab sudni qoniqtirgan. Bundan avval esa Gonni garov puli evaziga ozod qilish bo`yicha bir necha arizalar rad etilgan edi. Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashladi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilingan.






