Yovuz niyatli kishilar Nigeriya terma jamoasi va Fransiyaning “Bordo” klubi futbolchisi Samuil Kaluning onasini o`g`irlab ketishdi, deya xabar bermoda RIA Novosti nashri.
“Ular mendan 3 million Nigeriya nayrini (8,3 ming dollarga yaqin) talab qilishdi. Tuni bilan kutdik. Onam kelmadi. Ertasi kuni ular yana qo`ng`iroq qilib, pul talab qilishdi. Endi ular 15 million (41,6 ming dollar) so`rashmoqda”, - deydi futbolchi.






