Sayyoramizda har bir kishining qiyofadoshi borligini olimlar tasdiqlashmoqda, deb xabar berdi Rambler nashri.
Ya`ni yuzdagi har bir qismning o`xshashini topish mumkin.
Sizga o`xshagan odamni topish imkoni bo`lsa-da, aynan kopiyangizni topib bo`lmaydi. Negaki har bir yuz barmoq izlari singari betakror.
Shunday sayt ham borki, unga o`zingizning fotosuratingizni yuklaysiz, agregator sizga o`xshagan odamni topishga harakat qiladi. Ushbu saytni ochganlarning fikricha, har birimizning 8 nafardan qiyofadoshimiz bor ekan.






