1

Toshkentda UMS dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanmoqda

Hi-tech 14.11.2014, 13:53
Toshkentda UMS dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanmoqda

Toshkent shahrida «MTS» va O`zbekiston hukumatining yangi qo`shma korxonasi – Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatori dilerlik ofislari ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Shuningdek, Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ham ochilishi kutilayotgan dilerlik ofislarining suratlari joylashtirilgan.

Avvalroq, UMS operatori Farg`onada sobiq «MTS-O`zbekistonning» bosh binosida dilerlik shartnomalarini tuzish bo`yicha murojaatlarni qabul qilayotgani xabar berilgan edi. Bundan tashqari, kompaniya aloqa markazi operatorlarini ishga olish uchun e`lon bergani ham ma`lum qilingan.

Eslatib o`tamiz, «MTS-O`zbekiston» o`rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o`z tijoriy faoliyatini 2014 yil 1 dekabrdan boshlashi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1