1

«Bilayn-O`zbekiston» abonentlari soni to`qqiz oyda 100 ming kishiga ko`paydi

Hi-tech 14.11.2014, 13:54
«Bilayn-O`zbekiston» abonentlari soni to`qqiz oyda 100 ming kishiga ko`paydi

Telekommunikasiya xizmatlarini ko`rsatuvchi Vimpelcom Ltd («Bilayn» savdo belgisi) provayderi 12 noyabr kuni 2014 yilning uchinchi choragi yakunlari bo`yicha moliyaviy va operasion natijalarni e`lon qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Kompaniya matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, O`zbekistondagi tarmoqni kengaytirish uchun operator 2014 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 51 million dollar sarflagan.

Sentyabr oyi oxiriga kelib «Bilayn-O`zbekiston» abonentlari soni 10,529 million kishiga etgan. Abonentlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 201 mingga (2 foizga) ko`paygan. 2014 yil boshida operator abonentlari soin 10,518 million edi.

«Bilayn-O`zbekiston» abonentining o`rtacha bir oylik hisobi 6 dollarni tashkil etgan. Ayni vaqtda, abonentlar nisbatan ko`proq muloqotda bo`lishgan – o`tgan yilning shu davrida abonentlar 504 daqiqa so`zlashgan bo`lishsa, bu yil ushbu ko`rsatkich 568 daqiqaga etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1