Arxeologlar Bavariyada 6,5 ming yoshli skeletni topishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
GFR Bavariya hududlarida saqlanib qolgan ushbu skelet yosh yigitniki bo`lib, u neolit davriga tegishlidir.
Skelet yonida, shuningdek, tosh bolta va donli o`simlik urug`lari topilgan. Arxeologlar bu topilmani o`ta noyob hisoblashmoqda. Skeletning ming yillar davomida yaxshi saqlangani esa tuproqdagi kalsiy oksidiga bog`liq bo`lgan.






