Nihoyat, uzoq kutilgan “Taxt o`yinlari”ning yakunlovchi mavsumi katta ekranlarga chiqarilish arafasida, deb xabar qildi Kinopoisk.ru nashri.
Asosiy qahramonlar Jon Snou, Aryu Stark, Deyeneris Targarien, Serseya va Tirion Lannister yana-tag`in kurashni davom ettirishadi. Agar odamlar birlashish imkonini qilishmasa, erga abadiy qish kirib keladi.
Yakunlovchi mavsum olti epizoddan iborat bo`lib, tomoshabinlarni keng ko`lamli janglar kutmoqda.






