AsosiyDunyo

“Zulmat zamonasi” rejissyori Ikkinchi jahon urushi haqida yana bir filmni suratga oladi

'“Zulmat zamonasi” rejissyori Ikkinchi jahon urushi haqida yana bir filmni suratga oladi 'ning rasmi

Jo Rayt “Maxluqlar bog`ida” dramasining reissyorlik kursisini egallamoqchi, deya ma`lum qildi Kinopoisk.ru nashri.

“Maxluqlar bog`ida” Erik Larsonning romani bo`lib, unda Tom Xenks bosh rolni ijro etishi kutilmoqda.

Asarda Chikago universitetining kamtargina o`qituvchisi bo`lmish Uillyam Dodd haqida so`z borib, u 1933 yili AQShning Gitler Germaniyasidagi ilk elchisiga aylanadi.

Jo Rayt bir necha bor Ikkinchi jahon urushi mavzusiga murojaat etgan bo`lib, xususan, 2007 yili “gunohni yuvish”, 2017 yili “Zulmat zamonasi” filmlarini suratga olgan.

    Boshqa yangiliklar