AsosiyDunyo

Kecha bortida 149 yo`lovchi bo`lgan Ethiopian Airlines samolyoti halokatga uchradi

'Kecha bortida 149 yo`lovchi bo`lgan Ethiopian Airlines samolyoti halokatga uchradi'ning rasmi

"Boeing 737-800 MAX" layneri kecha Addis-Abebadagi Bole aeroportidan 08:38 da uchgan edi, 8:44 da esa u bilan aloqa yo`qoldi, deyiladi, Ethiopian Airlines aviakompaniyasi press-relizida. RIA Novostining xabar berishicha, Keniyaga uchayotgan samolyot halokati oqibatida hech kim omon qolmagan. Uning bortida 33 mamlakatdan bo`lgan 149 nafar yo`lovchi, shuningdek, sakkiz nafar ekipaj a`zosi bor edi.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko`ra, yo`lovchilarning 30 nafardan ortig`i keniyalik, 17 nafari efiopiyalik, 8 nafari xitoylik va 3 nafar rossiyaliklar bo`lgan.

Ethiopian Airlines rahbari Tevolde Gebremariamning ma`lum qilishicha, qulagan samolyot uchuvchisi parvozdan bir muddat o`tib, muammo tug`ilgani sababli ortga qaytishga ruxsat so`ragan va bunga rozilik bildirilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar