Evropa Ittifoqi Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishga tayyor. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas "Tagesspiegel" gazetasiga bergan interyusida ma`lum qildi.
“Biz Maduroning vaqtni yutish bo`yicha o`yinida qatnashmoqchi emasmiz va shubhasiz, Guaydoni qo`llaymiz”, dedi Maas.
Avvalroq Guaydo ayrim mamlakatlar, jumladan, Germaniyadan ham mamlakatdagi elektr ta`minoti tiklanishida yordam ko`rsatishni so`ragandi.






