Ruminiyada davom etayotgan korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishi sabab Bryussel Ruminiya hukumatiga uzoq yillik muammolarnii hal qilish talabini qo`ydi, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, rasmiy Bryussel ayni vaqtda Buxarestga bosim o`tkazmoqda. Ruminiya va Bolgariya uchun Evropa kommissiyasi tomonidan yaratilgan mexanizmning maqsadi - bu mamlakatlarda sud islohoti hamda korrupsiyaga qarshi kurashishdir.
Evroittifoq Ruminiyani Evropadagi korrupsiya eng avj olgan davlatlardan biri deb hisoblaydi.






