Pokiston janubidagi Panjur okrugida portlash sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda Dunya News nashri.
Portlash okrugdagi bozorlardan birida ro`y bergan. Oqibatda etti kishi jarohat olgan. Yana ikki kishi halok bo`lgan.
Hozirda hech bir terrorchi guruh mazkur portlashni o`z zimmasiga olganicha yo`q.






