Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida bo`lib o`tgan nizo natijasida bir kishi qattiq yaralangan, deya xabar berdi RIA novosti nashri.
Qirg`izistonning Botken tumani Oqsoy qishlog`i va Tojikistonning Mehnatobod qishlog`i aholisi o`rtasida nizo kelib chiqqan. Tojikistonliklar qirg`iz texnikasi yo`lini to`sib qo`ygan. Oqibatda 200 ga yaqin Qirg`iziston va Tojikiston fuqarolari bir-birlariga tosh otishgan. Natijada esa bir qirg`izistonlik qattiq yaralangan va kasalxonaga etkazilgan.






