AsosiyDunyo

Global halokatning oldini olishning yagona usuli ma`lum qilindi

'Global halokatning oldini olishning yagona usuli ma`lum qilindi 'ning rasmi

Global isib ketish sur`atini quyosh geoinjeneriyasi yordamida ushlab turish mumkin, deya xabar qilmoqda Rosbalt.ru nashri.

Muammoning bu echimini Massachusets instituti, Priston universiteti va Garvard universiteti olimlari taklif etishdi.

Metodning mohiyati shundaki, aerozollar xavfsiz darajada atmosferaga chiqarib tashlanadi. Bunda quyosh nurining bir qismi qaytariladi. Bu bilan global suv toshqini sur`atini ikki barobar pasaytirish, shuningdek, sayyorani sovitish va iqlim o`zgarishidan qochish mumkin bo`ladi.

Olimlarning ta`kidlashicha, iqlim o`zgarishiga qarshi yagona samarali usul atrof-muhitga hech qanday zarar keltirmaydi.

Avvalroq global suv toshqinidan qochishning yagona usuli elektrostansiya, zavod va avtomobillardan voz kechish hisoblanardi.

    Boshqa yangiliklar